Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasining quruqlik qo‘shinlari qo‘mondonini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasining quruqlik qo‘shinlari qo‘mondonini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 27-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Pokiston harbiy delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Delegatsiyaga Pokiston quruqli qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Qamar Jovid Bajva boshchilik qilmoqda.

Mehmonni qutlar ekan, Shavkat Mirziyoyev bu uchrashuv O‘zbekiston va Pokiston aloqalari kengayib borayotganidan dalolat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Turli darajadagi siyosiy aloqalar faollashgani qayd etildi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, o‘tgan yil aprel oyidan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishida reyslarni amalga oshira boshlagani ta’kidlandi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama aloqalarning turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

General Bajva O‘zbekiston rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorli bildirdi hamda Pokiston Prezidenti Mamnun Husaynning salomini yetkazdi.

U Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi amaliy yakunlari bo‘yicha to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Uchrashuv yakunida Pokiston tomoni istiqbolda ko‘p tomonlama hamkorlikka tayyor ekanini yana bir bor ta’kidladi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring