Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan chin dildan tabriklab, eng samimiy va ezgu tilaklarini bildirdi.

Muloqotda oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, davlat rahbarlari Rossiya Federatsiyasi prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama qildilar. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring