Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-18-avgust kunlari Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga boradi.

Xabar.uz muxbiri tomonidan ma’lum qilinishicha, bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilgan brifingda axborot berilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq Jidda shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ularda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring