Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev sentyabrda Tojikistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev sentyabrda Tojikistonga boradi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-28-sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi. Prezident Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev sammitdagi ishtiroki davomida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlarni ham o‘tkazadi. Bu haqda «Asia-Plus» nashri xabar bermoqda.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Sochida bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari sammitida Hamdo‘stlikda raislik qilish Rossiyadan Tojikistonga o‘tgani ma’lum qilingandi.

Dushanbe sammitida 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlari davlatlararo dasturi, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring