Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Sharqiy okrugga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Sharqiy okrugga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Havo desantchilar brigadasining jangovar mashg‘ulotlarini kuzatdi, harbiylar bilan muloqot qildi.

«Vatanni sevish - ulug‘ fazilat. Yoshlarimizni ana shunday fazilatli qilib tarbiyalashimiz kerak. Buning uchun siz kabi mag‘rur, baquvvat yigitlar namuna bo‘lishi zarur. Yoshlar bilan tez-tez uchrashib turishi, ularni milliy iftixor, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishi kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Havo desantchilari tayyorgarligini oshirib borish uchun aerodinamik trenajyorlar o‘rnatish, «Vatanparvar» tashkilotlari qoshida parashyutchilar to‘garaklari ochish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari harbiy qismda tashkil etilgan Madaniy hordiq markazi, kutubxonani o‘z ichiga olgan Ma’naviyat markazi, autsorsing tizimi joriy etilgan oshxonani kirib ko‘rdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring