Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Toshkentda hech qachon bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy qurmaganmiz»

Shavkat Mirziyoyev: «Toshkentda hech qachon bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy qurmaganmiz»

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Uzoq yillar davomida Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylar qurilmagan. Oqibatda aholi orasida uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj ortib ketgan.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-yildan boshlab mamlakatimizning barcha shaharlarida turar-joyga muhtoj oilalar uchun arzon va har tomonlama qulay uy-joylar qurish boshlandi. Jumladan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tgan yili 102 ta ko‘p qavatli arzon uylar qurilib, 4 ming 88 ta oila o‘z uyiga ega bo‘ldi.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334 tasi arzon uy-joylar bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘pdir.

Jumladan, Sergeli tumani «Choshtepa» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida chet ellik investorlar ishtirokida 72 ta 7 qavatli uy qurilishi boshlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur uylar loyihasi bilan tanishdi.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

«Toshkentda hech qachon bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy qurmaganmiz. Bitta mavzeda 72 ta 7 qavatli uy rejalashtirmaganiz. Bu poytaxtimizdagi bunyodkorlik, xalqimiz talabini qondirish yo‘lidagi ishlarimiz miqyosidan bir dalolat. Tasavvur qilinglar, bu uylar qancha odamlarga ishonch, qancha oilalarga fayz-baraka olib keladi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari uylar qurishning zamonaviy yutuqlarini o‘zlashtirish, bunday uylarni boshqa joylarda ham loyihalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring