Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan»

Shavkat Mirziyoyev: «Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan»

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Shayxontohur tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, uy-joy-kommunal sohadagi muammolarni hal qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun respublika budjetidan yetarli mablag‘ ajratilmoqda. Prognozdan oshgan soliq tushumlari mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldirilib, ularni sarflash bo‘yicha mahalliy hokimliklarga keng vakolatlar berilmoqda.

Masalan, joriy yilda Toshkent shahrida prognozga nisbatan 2 trillion so‘mga ko‘p soliq tushib, mahalliy budjetda 1,5 trillion so‘mi qolishi kutilmoqda. Bu 2017-yilga nisbatan 10 barobar ko‘pdir.

«Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan. Biz nega 1,5 trillion so‘mni shaharning o‘zida qoldiryapmiz? To‘planib qolgan muammolarni hal qilish uchun, odamlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, uy-joylar, bog‘chalar qurish, ish o‘rinlari yaratish uchun. Endi joylardagi rahbarlar ham o‘zini qiynashi, sadoqat bilan ishlashi kerak. Chetdan kelib hech kim hech qachon qilib bermaydi», — dedi Prezidentimiz.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bugun, 10-avgust kuni Bunyodkor ko‘chasidagi yangi ko‘prikni ochib berdi. Toshkentda yozuvchilar uchun qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi. Shuningdek, tadbirkorlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. So‘ng, Abdulla Qodiriy bog‘ida bo‘lib, bu yerda adibning muhtasham haykalini o‘rnatish, bog‘ni boshqalardan ajralib turadigan qilib qurish, bu yerda adib yashagan davrni aks ettirish zarurligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring