Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ko‘chat o‘tqazdilar (foto)

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ko‘chat o‘tqazdilar (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat ekdi.

Bu tashrifga uzoq va puxta tayyorgarlik ko‘rilgan edi. Erishilgan natijalar shunga munosib bo‘ldi - ikki mamlakat hamkorligi kelajagiga mustahkam poydevor qo‘yildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati.
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbarlari ekkan nihol ushbu yangi rejalarning, xalqlarimiz do‘stligining ramzi sifatida gullab-yashnaydi, deyiladi prezidentimiz matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq ikkala prezident strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolashgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring