Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «Vatan himoyachilari» monumentiga gul qo‘ydi (foto)

Shavkat Mirziyoyev «Vatan himoyachilari» monumentiga gul qo‘ydi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni Nur-Sulton shahridagi «Otan korg‘aushilar» («Vatan himoyachilari») monumentiga gul qo‘ydi.

Ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan qozog‘istonlik jangchilar xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Uning balandligi 37 metr. Monument markazida Vatan timsoli - ona tasvirlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Xorijiy davlatlar rahbarlari bu yodgorlikka gul qo‘yib, Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtiromini bildiradilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring