Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Xitoy elchisini orden bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy elchisini orden bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Sun Litszega «Do‘stlik» ordenini topshirdi.

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litszeni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Xitoy elchisi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, XXR Raisi Si Szinpinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR elchisining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini inobatga olib, Sun Litszega yuksak davlat mukofoti — «Do‘stlik» ordenini topshirdi.

Taqdirlash marosimida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida: 2017-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,5 milliard dollarga yetgan. Gidroenergetika va neft-gaz tarmog‘i, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalari barpo etish sohalarida yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Muhim mintaqaviy transport yo‘laklari — «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» avtomobil va temir yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar boshlab yuborilgan.

Madaniy-gumanitar, ilmiy va ta’lim sohalaridagi almashinuvlar kengaymoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring