Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi xorijiy korxona bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi xorijiy korxona bilan tanishdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi «LT Textile International» xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanishdi, xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni rag‘batlantirish, eksport faoliyatini rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu yerda Qashqadaryo viloyatida tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish dasturi taqdim etildi. Xususan, «LT Textile International» mas’uliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirishning II va III bosqichlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar loyihasi haqida ma’lumot berildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, Prezident o‘tgan yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida begilab berilgan vazifalarga muvofiq qurilgan mazkur korxonaning birinchi bosqichi 2017-yil iyul oyida foydalanishga topshirildi. Bu yerga Germaniya va Shveysariyadan zamonaviy va energiyatejamkor to‘qimachilik asbob-uskunalar keltirib o‘rnatildi. 700 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. 60 nafarga yaqin yoshlar Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytgan.

Korxonada paxta tolasi qayta ishlanib, yiliga 22 ming tonna ip-kalava mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Mahsulotning asosiy qismini eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. O‘tgan davrda 4 ming 600 tonnadan ziyod paxta tolasi qayta ishlanib, 3,5 ming tonnadan ziyod ip-kalava eksport qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring