Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shaxs oqlandi. Asossiz ayblovni tasdiqlagan prokurorning javobgarligi-chi?

Shaxs oqlandi. Asossiz ayblovni tasdiqlagan prokurorning javobgarligi-chi?

Foto: «Gazeta.uz»

Bugun «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Bosh prokuratura mas’ul xodimlari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik. Ushbu tadbirda ishtirok etgan Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev joriy yilning o‘tgan oylari davomida 737 nafar shaxs oqlanganini mamnuniyat bilan ta’kid etgani avvalgi xabarlarimizda alohida qayd etildi. Albatta, aybsiz shaxslar oqlanayotgani yoqimli holat. Oqlangan shaxslar asossiz jinoiy javobgarlikka tortilgani oqibatida o‘zlariga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni tegishli tartibda undirib olish huquqi ega. Biroq hozir gap bunda emas. Xo‘sh, asossiz sudlangan shaxslarga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni tasdiqlagan prokurorlarning javobgarligi-chi? Bu yog‘i nima bo‘ladi?

Ushbu savolga javob berar ekan, Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev quyidagilarni aytdi: «Shu yil oqlangan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarining ko‘pi bir necha yil avval qo‘zg‘atilgan. Bundan tashqari, javobgarlikka tortilgan shaxs vaqt o‘tishi bilan jinoyat ishida yangi holat yoki boshqa sabablarga ko‘ra aybsiz deb topilishi ham mumkin. Bu jarayonda prokurorlarning javobgarligi masalasiga kelsak, har bir ish va holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanadi hamda natijasiga qarab, javobgarlik masalasi hal etiladi. Hozir shunday qat’iy talab qo‘yilgan: Har bir prokuror egallab turgan lavozimiga loyiq ekanini har kuni isbotlashi shart!»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring