Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherobodda «svetchi» abonentning bir million so‘m pulini «tuya qildi»

Sherobodda «svetchi» abonentning bir million so‘m pulini «tuya qildi»

Foto: «Xabar.uz»

Sherobod tuman «Mehrobod» mahallasida yashovchi fuqaro O‘roqbobo Pardayev Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qildi.

Murojaatda aytilishicha, u elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan bo‘lishiga qaramay, tuman energiya ta’minoti korxonasi tomonidan bir million so‘m qarzdorlik hisoblangan.

O‘rganish natijasida uning to‘lovlari nazoratchi tomonidan abonent hisob raqamiga tushirib berilmagani aniqlandi. Federatsiyaning tuman jamiyati xodimlari aralashuvidan so‘ng muammo ijobiy hal etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring