Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shifokor o‘z tanishini 89 ming dollarga chuv tushirganlikda ayblandi

Shifokor o‘z tanishini 89 ming dollarga chuv tushirganlikda ayblandi

Toshkent shahar Olmazor tumani IIBga 10-dekabr kuni hujjatlar kelib tushdi.

Unda bildirilishicha, Shifokorlar mahallasida yashovchi shahar tug‘ruq kompleksi shifokori B.U.(ismli ayol) o‘zining Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi uyini Sebzor 17/18-dahasida yashovchi tanishi D.M.(ismli ayol)ga 100 ming AQSh dollariga pulini bo‘lib olish sharti bilan sotishga kelishib, undan 89 ming AQSh dollari pulini oladi. Biroq uyni D.M.ning nomiga rasmiylashtirib bermay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aytiladi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, B.U. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring