Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shifoxonami yoki zaharxona?»

«Shifoxonami yoki zaharxona?»

Foto: «t.me/shahnozxon»

JMDS degan xususiy klinikani ko‘pchilik yaxshi biladi: Toshkent shaharidagi Uchtepa tuman hokimiyati orqasida joylashgan. O‘sha yerda is gazi ― vip! Laboratoriyasiga tushib, istagancha zaharlanishingiz mumkin! — deb yozadi bloger Shahnoza To‘raxo‘jayeva.

O‘g‘limni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun bugun o‘sha klinikaga bordik. Qon tahlili topshirish uchun laboratoriyaga tushdik. Laboratoriyasi yerto‘lada, yordamchi xonalar yonida joylashgan.  Gaz bilan isitish uskunalari ham, tushunishimcha, shu yerda.

Gaz hidi juda o‘tkir, shu darajadaki, o‘n daqiqa navbat kutguncha, boshim og‘rib qoldi. Navbatda bemorlar, yosh bolalar... Eshikni ochsak, yelvizak, yopsak, zaharli havo.

Ayrim bemorlar bolalarini olib tashqarida navbat kutishyapti: zaharlangandan shamollagan afzal, deyishyapti.

Ha, bir bo‘lgandir-da, kechgacha tuzatvorishar deb o‘ylayapsizmi? Uch oy avval ham shu ahvol edi: unda hali isitish mavsumi boshlanmagani uchun bunchalik achchiq hid yo‘q edi, ammo gaz hidi bor edi. O‘shanda qabulxonadagi qizlarga bundan shikoyat qilgan edim.

Oradan o‘tgan vaqt davomida is gazi tufayli necha fojialar ro‘y berdi, maxsus komissiya tuzildi, nazorat kuchaytirildi. Qahratonda uyini amallab isitayotganlarning qo‘lbola pechkalari uchun ham jarimalar solinyapti. To‘g‘ri, inson hayoti, xavfsizligi hamma narsadan ustun.

Lekin shahardagi mashhur va boy bir klinikada gaz xavfsizligi qoidalariga rioya etilmayotganini nahotki hech kim bilmaydi? Nazoratchilar bu yerlarga yetib kelmaganmi yo kelib ish boshqaruvchining xonasidanoq qaytib ketaverganmi?

Shifoxonami, zaharxonami bu? — deya vaziyatga mutasaddilar e’tibor qaratishi lozimligini qayd etgan bloger.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring