Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy qutb muzlari erishi tufayli yangi dengiz yo‘li ochildi

Shimoliy qutb muzlari erishi tufayli yangi dengiz yo‘li ochildi

Foto: «vchemraznitsa.ru»

Shimoliy qutbdagi muzlar erishi tufayli dunyodagi eng ulkan dengiz yo‘li kompaniyasi «Maersk» ilk marta Shimoliy dengizga yuk tashiydi. Bu haqda «Sabah.com.tr» xabar bermoqda.

Daniyaning «Maersk» kompaniyasiga qarashli, bir vaqtning o‘zida 3600 ta konteynerni tashiy oladigan «Venta Maersk» kemasi Rossiya orqali Sankt-Peterburg – Vladivostok (Uzoq Sharq) yo‘nalishida qatnaydi.

Buzullar eridi, yeni bir rota ortaya çıktı
«Sabah.com»

Dengiz transporti qatnovi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, avvallari suv yo‘li orqali Sank-Peterburgdan Vladivostokka borish uchun Suvaysh kanalidan o‘tib, G‘arbiy Osiyo va Yevropa orqali 21 ming kilometr masofani bosib o‘tish zarur edi.

Endilikda bu masofa qisqarib, Shimoliy dengiz orqali 12800 kilometr masofa bosib o‘tilsa, kifoya ekan.

Yangi yo‘nalishda ilk bor «Venta Maersk» kemasi shu yil 1 sentyabr kuni Vladivostokdan yo‘lga chiqib, bir oyda Sankt-Peterburgga yetib kelishi rejalashtirilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring