Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shoir Mirzo Karim Toshkentdagi ijodiy uchrashuvga harbiy libosda keldi

Shoir Mirzo Karim Toshkentdagi ijodiy uchrashuvga harbiy libosda keldi

Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Toshkent harbiy okrugida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan «Kitoblarda hayot aksi bor» nomli ijodiy uchrashuvga taniqli shoir Mirzo Karim harbiy xizmatni o‘tagan yillaridagi harbiy libosda keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Badiiy kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Botir Ergashev hamda shoira Farog‘at Xudoyqulova bugungi kunda nashrga tayyorlanib chop etilgan yangi adabiyotlar, ularning mazmun-mohiyati, kelgusida chop etilishi rejalashtirilayotgan asarlar, bugungi kitobxon va mutolaa san’ati to‘g‘risida so‘z yuritishdi. Ular ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berish bilan bir qatorda o‘zlarining ijod namunalari bilan yig‘ilganlarni bahramand qilishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mirzo Karimdan muxlislar allaqachon barchani ko‘nglidan joy olib, qo‘shiqqa aylangan «Orangizda onam bo‘lsaydi...» nomli she’rini aytib berishini so‘rashdi. Shoir ushbu she’rini muxlislariga o‘qib berdi.   

– Axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib, barcha sohalarda globallashuv davom etsa-da, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, har qanday kashfiyot kitob mutolaasiga to‘sqinlik qila olmaydi. Aksincha, barcha o‘zgarishlarning tub mohiyatini anglab yetishga yordam beradi, – deydi podpolkovnik To‘lqin Xalilov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring