Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shokolad 40 yildan so‘ng yo‘qolib ketadi(mi?)

Shokolad 40 yildan so‘ng yo‘qolib ketadi(mi?)

Foto: «The Sun»

Kaliforniya universitetining o‘simliklar genomi bo‘limi direktori, professor Meyon Chjou kakao o‘simligining yanada barqaror ko‘rinishini yaratish bo‘yicha ish olib bormoqda. Unga ko‘ra, o‘simlik ko‘proq yashovchan va keyingi o‘n yillikda tabiatda kuzatilishi kutilayotgan issiq iqlimda ham o‘sadigan bo‘lishi kerak.

Olimning aytishicha, bu jarayonni DNKni sun’iy ravishda o‘zgartirib, o‘simlik urug‘ini arzon va ishonchli qiluvchi yangi texnologiyalar yordamida amalga oshirish mumkin.

Butun dunyodagi shokolad tayyorlanuvchi kakao loviyalarining yarmi hozirda G‘arbiy Afrikaning Kot-d’Ivuar va Gana mamlakatida mavjud. Olimlarning aytishicha, keyingi yillarda shokolad uchun xomashyo yetishtirishda bu hududlar yaroqsiz holatga keladi. AQShning milliy okean va atmosfera ma’muriyatiga ko‘ra esa, 2050 yilga kelib, havo haroratining oshishi sababli hozirgi hududlarda joylashtirilgan shokolad 300 metrdan ortiq balandlikdagi tog‘li hududlarga, hozirgi kundagi katta qismi esa yovvoyi tabiatga joylashtiriladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring