Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

GFR prezidenti: «G‘arb davlatlari Rossiyani dushman deb bilmasliklari kerak»

GFR prezidenti: «G‘arb davlatlari Rossiyani dushman deb bilmasliklari kerak»

Foto:«AP»

GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer keyingi vaqtlarda xalqaro keskinlik barobarida g‘arb mamlakatlarida yashovchilar bilan rossiyaliklar orasidagi begonalashuvdan tashvishlanayotganini bildirdi.

«Umuman olganda, biz davlat sifatida Rossiyaga va uning xalqiga dushman sifatida qaramasligimiz kerak», — deydi nemis davlati rahbari «Bild am Sonntag» gazetasiga bergan intervyusida. Shtaynmayerning ta’kidlashicha, Solsberidagi hodisa tashvishlanarli, «lekin, ayni paytda, Rossiya bilan g‘arbning orasidagi begonaluv bizni ko‘proq xavotirga solishi kerak, negaki buning oqibati bu kabi voqealar doirasidan chiqib, katta ahamiyat kasb etishi mumkin».

Shuningdek, u: «Bu begonalashuvga qarshi tadbirlarni ko‘rish zarur – mas’uliyatli siyosatchilarning vazifasi shu. Yevropa Rossiyaning tanqidlarini rad qilmasligi kerak. Muloqotlarga kiriish imkoni bormi, buni chetlab o‘tmasligimiz lozim», — deb ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring