Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhrat Arslonov yilning eng yaxshi kurashchisi deb topildi, Komil Ro‘ziyev «Kurash rivojiga qo‘shgan hissasi uchun» taqdirlandi

Shuhrat Arslonov yilning eng yaxshi kurashchisi deb topildi, Komil Ro‘ziyev «Kurash rivojiga qo‘shgan hissasi uchun» taqdirlandi

Foto: «Sports.uz»

Yakunlanayotgan 2017 yil Osiyo–Okeaniya Kurash Konfederatsiyasi faoliyatida unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Har bir sohada bo‘lgani kabi joriy yil sarhisobi Osiyo–Okeaniya Kurash Konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari tomonidan yuqori baholandi.

Yil davomida faollik ko‘rsatib eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritganlar bir nechta nominatsiyalarda eng yaxshilari deb topildi.

Yilning eng yaxshi hakami — Pulsak Sajathamkunul (Tayland). Yil davomida o‘tkazilgan barcha xalqaro turnir, chempionatlar va Osiyo o‘yinlari bahslarida faol hakamligi uchun.

Yilning eng yaxshi murabbiyi –  Xusrav Dalir Moyan (Eron). Yil davomida Eron terma jamoasining kattalar o‘rtasida jahon chempionati, yoshlar o‘rtasida Osiyo-Okeaniya chempionatlari hamda Osiyo o‘yinlarida 5 oltin 9 ta kumush 10 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdagi xizmatlari uchun.

Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi — Yang, Hsien-tzu (Xitoy Taypeyi), Yopiq inshoatlar va Jang san’atlari bo‘yicha V-Osiyo o‘yinlari g‘olibi.

Yilning eng yaxshi kurashchisi — Shuhrat Arslonov (O‘zbekiston), Yopiq inshoatlar va Jang san’atlari bo‘yicha V-Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Jahon chempioni, Al Hakim at Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIII–xalqaro turnir sovrindori.

Yilning eng yaxshi federatsiyasi — Koreya Kurash Assotsiatsiyasi, Incheon shahrida 14 kunlik xalqaro o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari, 2 yirik milliy chempionati va 1 xalqaro darajadagi kurash musobaqasini yuqori darajada tashkil etganligi uchun.

Yilning eng yaxshi musobaqasi — Yopiq inshoatlar va Jang san’atlari bo‘yicha V-Osiyo o‘yinlari kurash musobaqasi (Turkmaniston)

Yilning eng yaxshi voqeasi — Yozgi Osiyo o‘yinlariga Kurash sportini rasman kiritilganligi.

Kurash rivojiga qo‘shgan hissasi uchun:

Haydar Farmon, IKA Prezidenti (Quvayt), Osiyo va Okeaniya qit’alarida kurashni rivoji yo‘lidagi xizmatlari uchun.

Komil Ro‘ziyev, KCAO Prezidenti (O‘zbekiston), Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederatsiyasi faoliyatini yangidan tashkil etish, yil davomida o‘tkazilgan barcha xalqaro turnir va musobaqalar hamda IKA doirasidagi o‘quv yig‘inlarni moliyaviy  qo‘llab quvvatlaganligi uchun.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring