Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Sodiqov Namangan viloyatida AKTni joriy etish holatini o‘rgandi

Shuhrat Sodiqov Namangan viloyatida AKTni joriy etish holatini o‘rgandi

Foto: «Mitc.uz»

Prezidentimiz hududlarga tashrifi davomida doim chekka qishloq va ovullargacha kirib borib, ijtimoiy soha ob’yektlari, oddiy odamlar xonadonlarida bo‘lib, yuzaga kelgan real vaziyat, aholining turmush sharoiti bilan yaqindan tanishmoqda, muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar bermoqda.

Jamiyatimiz tafakkur tarzida, ijtimoiy jarayonlarda ulkan o‘zgarishlarga olib kelayotgan ushbu tashabbusga hamohang tarzda Prezidentimizning muayyan viloyatga tashrifi arafasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan hududlarda AKTni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tizimli ravishda o‘rganib kelinmoqda.

Jumladan, 27-28-fevral kunlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov hududda telekommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Namangan viloyatida bo‘ldi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: «Xabar.uz»

Viloyatga tashrif doirasida Chust, To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy tumanlari telekommunikatsiya bog‘lamalari va mazkur tumanlarning pochta aloqa bog‘lamalari, tumandagi Andijon radiotelevizon uzatish markazining “Kosonsoy” radiotelevizion stansiyasi faoliyatini yaqindan o‘rgandi. Kosonsoy tumanidagi “Gurmiron”, “Namuna” MFY hududlarida joylashgan qishloq ATS orqali aholiga ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifati hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga e’tibor qaratdi.

Foto: «Xabar.uz»

Shuningdek, soha rahbari, Namangan shahrida viloyat elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, pochta va telekommunikatsiya bog‘lamalarining bo‘sh turgan binolarida kompyuter savodxonligi o‘quv kurslarini tashkil etish yuzasidan joylarda xonalarni tayyorlash va ta’mirlash ishlarining borishi, vazirlikning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi faoliyati va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Foto: «Xabar.uz»

Vazir Sh.Sodiqov uchrashuvlar davomida mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirishga hissa qo‘shish, buning uchun esa soha daromadlarini oshirish, tarmoqda faoliyat yuritayotgan soha vakillarining turmush darajasini yaxshilash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib berish har bir rahbarning oldida turgan birinchi darajali vazifasi ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Foto: «Xabar.uz»

Mavjud imkoniyatlar va resurslardan oqilona foydalanish hisobiga qishloq joylarida aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Kosonsoy tumanida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berilib, ushbu tajribani o‘rganish va respublikaning boshqa hududlarida ham amalga oshirish tavsiya etildi.

Foto: «Xabar.uz»

Viloyatda sohada erishilgan natijalar bilan birgalikda, o‘z yechimini kutayotgan bir qator muammoli masalalar mavjudligi, jumladan, keng polosali portlardan foydalanish darajasini oshirish, ko‘rsatilayotgan simli telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yanada yaxshilash, viloyatda mavjud turistik ob’yektlarda Wi-Fi hududlarini jadal tashkil etish, viloyatdagi soha korxonalarida tijorat va marketing ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Foto: «Xabar.uz»

An’anaga ko‘ra, vazir tomonidan uzoq yillar davomida tarmoq rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha xodimlari vazirlikning tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring