Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuncha yil pora olganingiz yetti pushtingizga yetadi. Endi Vatanni ham o‘ylang!

Shuncha yil pora olganingiz yetti pushtingizga yetadi. Endi Vatanni ham o‘ylang!

Foto: «Efinancialcareers.com»

«Bir ishda korrupsiya aralashmasa, poraxo‘rlik bo‘lmasa, adolat bo‘lsa, nima bo‘lishini kecha orqasida hech kimi bo‘lmagan 23 yoshli jaydari futbolchi bolalar ko‘rsatib qo‘yishdi».

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Prezidenti

Olmang shu porani, o‘lib ketsin shu pora!

Boshqa soha vakillari, siz ham buni qulog‘ingizga quyib oling!

Shuncha yil olganingiz yetti pushtingizga yetadi. Endi Vatanni ham o‘ylang!

Yurt kelajagini ham o‘ylang!

Sizning ham sohangizni borib Prezident tozalib berishini kutmang! O‘zingiz ham bir orqa-oldingizni tozalab oling!

Bo‘ldi deng, baraka topgur, bo‘ldi deng! Endi olmayman shu porani deng!

Bir marta olmang, to‘g‘ri, qiyin bo‘ladi, ammo o‘rganasiz.

Siz aqlingizga sig‘dira olmaysiz, ammo mana, biz bir umr pora olmasdan yashab kelayapmiz, xudoga shukur! Qiyin, ammo yashayapmiz!

Ana shunda 23 yoshli bolalar uchun butun O‘zbekiston oyoqqa turganidek, siz uchun ham el oyoqqa turadi, ehtirom ko‘rsatadi!

Qiyomatda ham javob berishingiz osonroq bo‘ladi!

Hech bo‘lmasa, bugun, pora olmaganlar Osiyoni lol qoldirib turganda olmang shu porani, baraka topgur!

To‘ra Murod

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring