Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya kompaniyasi 400 megapikselli kamerani taqdim etdi. Uning narxi 48 ming dollar

Shvetsiya kompaniyasi 400 megapikselli kamerani taqdim etdi. Uning narxi 48 ming dollar

Foto: «TrustedReviews»

«Hasselblad» kompaniyasi 400 megapikselli kadrlarni yaratishga qodir H6D-400C kamerasini taqdim etdi. Kamera olgan suratning o‘lchami 2 gigabaytdan ortiqroq. Shu sababli uni darhol kompyuterga ulash taklif etiladi, deb xabar berdi «NV.ua».

400 megapiksellga erishish uchun H6D-400C fotokamerasida  «Multi-Shot» texnologiyasidan foydalanilgan. Kameradagi tugma har safar bosilganida u 4 marta 100 megapikselli tasvirni suratga oladi. Shundan so‘ng barcha tasvirlar birlashtiriladi.

Natijada 2,4 gigabayt o‘lchamga teng 16 bitli TIFF fayl paydo bo‘ladi. Kamerada ikkita multimedia kartasi uchun (CFast 2.0 va SD Card) mo‘ljallangan slotlar, uch dyuymli sensor displey va bir nechta USB, HDMI portlari mavjud.

Ushbu superkamerani yetkazib berish joriy yilning mart oyidan boshlanadi, ammo unga hozirdan buyurtma bersa bo‘ladi. Uning narxi 48 ming dollar. Shu bilan birga 420 dollar to‘lab uni bir kunga ijaraga olish ham mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring