Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya sudi Rahmat Oqilov ishini keyingi hafta ko‘rib chiqadi

Shvetsiya sudi Rahmat Oqilov ishini keyingi hafta ko‘rib chiqadi

Foto: «metro.se»

Shvetsiya prokuraturasi o‘tgan yilning aprel oyida Stokgolmda sodir etilgan terrorchilik hujumlarida bosh gumondor hisoblangan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilovning ishini 30-yanvar kuni sudga oshiradi. 

«Stokgolmdagi Drottninggatan ko‘chasida sodir etilgan terrorchilik ishi 30-yanvarda boshlanadi», deyiladi prokuratura xabarida. Sudning fevral oyida boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 7-aprelda Stokgolmdagi Drottninggatan ko‘chasida yuk mashinasining odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq odam jarohatlandi. Yuk mashinasi sayr qilib yurganlar ustiga katta tezlikda kelib urilgan. Mashina do‘konlardan biriga urilib to‘xtagan. Mazkur fojeadagi bosh gumondor O‘zbekistonning 39 yoshli fuqarosi Rahmat Oqilov deb topilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring