Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyada Ibrohimovichga haykal qo‘yishmoqchi

Shvetsiyada Ibrohimovichga haykal qo‘yishmoqchi

Foto: «BFM RMC Sport»

Shvetsiyada futbolchi Zlatan Ibrohimovichning haykalini o‘rnatishmoqchi. Bu haqda AS xabariga asoslanib «Regnum» yozmoqda.

Haykalga Shvetsiya futbol assotsiatsiyasi buyurtma bergan. Uning balandligi — 2,7 metr, og‘irligi — 500 kilogramm bo‘ladi.

Bronza haykal futbolchi tug‘ilib, voyaga yetgan Malmyo shahrida, Zlatan futbolchilik faoliyatini boshlagan «Malmyo» klubining eski va yangi stadionlari o‘rtasidagi maydonda o‘rnatiladi.

Ma’lumot uchun: Zlatan Ibrohimovich 2001—2016-yillarda Shvetsiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida «Malmyo», «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «Milan», PSJ, «Manchester Yunayted» kabi klublarda to‘p surgan. Hozir esa Amerikaning «Los-Anjeles Gelaksi» klubida javlon urmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring