Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosi emas — TIV

Shvetsiyada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosi emas — TIV

Foto: JOHAN NILSSON/AFP/Getty Images

2019-yil 15-avgustda qator xalqaro OAVda terroristik fitnani tashkillashtirish va 2017-yil 7-aprelda Stokgolm shahridagi fojiali voqealarga aloqadorlikda gumonlanib Estersund shahrida (Shvetsiya) o‘zbekistonlik deb taxmin qilinayotgan shaxsning qo‘lga olinishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan. Tarqalgan ushbu ma’lumot munosabati bilan O‘zbekistonning Berlin shahridagi elchixonasi o‘z konsullik okrugiga kiruvchi Shvetsiya Qirolligi tomoniga so‘rovnoma yo‘lladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

29-avgust kuni diplomatik vakolatxona Estersund shahri okrug sudidan qo‘lga olingan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi emasligi to‘g‘risida rasmiy javob olgan.

Konsullik-huquqiy departament Germaniya (Shlezvig-Holshtayn, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Saksoniya, Tyuringiya), Shvetsiya, Shveysariya va Chexiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Berlin shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +49-30-39-40-98-55; +49-30-39-40-98-30.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring