Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shvetsiyalik ekspertlar Bosh prokuratura akademiyasida master-klass o‘tishdi

Shvetsiyalik ekspertlar Bosh prokuratura akademiyasida master-klass o‘tishdi

Foto: Bosh prokuratura

2018-yil 7-avgust kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Lund universiteti (Shvetsiya) xalqaro ekspertlari ishtirokida «Huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish masalalari: ilg‘or tajriba almashish va hamkorlik istiqbollari» mavzusida xalqaro o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Lund universitetining (Shvetsiya) huquq sotsiologiyasi hamda huquqbuzarliklarni oldini olish sohasidagi eksperti R.Urinboyev, Akademiya professor-o‘qituvchilari, Bosh prokuraturaning tarkibiy tarmoqlari xodimlari ishtirok etdilar.

Shuningdek, seminarda videokonferensaloqa orqali Manchester universiteti (Buyuk Britaniya) professori, Manchester universiteti huquq maktabi rahbari K.Tornxill, Lund universiteti huquq sotsiologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, huquq kriminologiyasi falsafa doktori I.Shuls, Lund universiteti huquq sotsiologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, Oslo universiteti yuridik fakulteti kriminologiya sohasida falsafa doktori I.Nafstad, Lund universiteti o‘qituvchisi P.Olsson ishtirok etdilar.

Seminar davomida O‘zbekistonning huquqbuzarlik profilaktikasi sohasida erishgan yutuqlari, zamonaviy kriminologiya masalalari va huquqbuzarlikning oldini olish amaliyoti, shuningdek joylarda huquqbuzarliklarni oldini olish sohasida qo‘llanilayotgan innovatsiyalar muhokama qilindi.

Seminar konstruktiv va do‘stona shaklda bo‘lib o‘tdi. Tomonlar fikr almashib, kelgusida mazkur sohadagi hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirishni ta’kidlab o‘tdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring