Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shvetsiyalik manqal yoqqani uchun katta miqdorda jarimaga tortildi

Shvetsiyalik manqal yoqqani uchun katta miqdorda jarimaga tortildi

Foto: «Haber7.com»

Shu yilning 19 iyul kuni Shvetsiyada manqal yoqish taqiqlangani haqida xabar bergan edik.

Bugun ushbu taqiqdan xabari yo‘q 42 yoshli kishi manqalda o‘t yoqqani uchun 19500 krona jarimaga tortildi, deya xabar beradi «Haber7.com».

Shvetsiya davlat televideniyesi «STV» xabariga ko‘ra, Skone guberniyasi Ahus shahridagi bog‘chasida manqalda o‘t yoqqani uchun bir kishi politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Xatosini tan olgan kishi 19500 krona jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. O‘zbek so‘mida hisoblaganda bu 7 mln.ga yaqin pul hisoblanadi.

Jazirama sababli o‘rmonlarga o‘t ketishining oldini olish maqsadida mamlakat miqyosida shu yil 30 avgustga qadar manqal yoqish taqiqlangan edi.

Qonunga rioya qilmagan kishi katta miqdorda jarimaga tortilishi yoxud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

So‘nggi bir oy mobaynida Shvetsiya miqyosida 25 ming gektar o‘rmon kuyib kul bo‘lgan.

Yong‘inlar taxminan 900 million krona zarar keltirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring