Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shved olimlari Alsgeymer kasalligining ilk alomatini fosh etishdi

Shved olimlari Alsgeymer kasalligining ilk alomatini fosh etishdi

Foto: «Twitter»

Shvetsiyalik olimlar Alsgeymer (keksalikda xotirani yo‘qotish kasalligi)ning ilk alomatlarini topishdi. Bu haqda «REGNUM» axborot agentligi «Sveriges Radio SR» portaliga asoslanib xabar berdi.

Gyoteborg universitetining psixiatriya kafedrasi professori Ingmar Skugning ta’kidlashicha, kunduzi uxlash ehtiyoji Alsgeymer xastaligida miya zararlanishining birinchi alomati bo‘lishi mumkin.

Tadqiqot miyaning turli markazlarida oqsilning muayyan tipi borligini ko‘rsatdi. Miyadagi o‘ziga xos ushbu oqsil miqdori kunduzi tetik bo‘lish imkonini belgilab beradi. Alsgeymer kasalligi bilan zararlangan miya 75 foiz nerv hujayrasi, shu bilan birga, ko‘p miqdorda oqsilni yo‘qotadi, bu esa kunduzi uyquchanlikni keltirib chiqaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring