Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Si Szinpin: «Insoniyat koronavirusni yenga oladi. Faqat...»

Si Szinpin: «Insoniyat koronavirusni yenga oladi. Faqat...»

Foto: «RIA»

XXR raisi Si Szinpin Davos forumidagi videomurojaatida insoniyat koronavirusni yenga olishiga shubha qilmayotganini aytib o‘tdi.

«Dunyo pandemiyaga qarshi kurashda dastlabki yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Ammo so‘nggi paytlarda yuqumli kasalliklar sonining ko‘payishi kurashni davom ettirishimiz kerakligini yodga solmoqda. Shunga qaramay, qish bahor boshlanishini to‘xtata olmasligiga ishonchimiz komil... Hech shubha yo‘qki, insoniyat virusni yengib, bu balodan yanada kuchliroq bo‘lib chiqadi», — dedi Si Szinpin o‘z nutqida.

25-yanvarda boshlangan Sharqiy iqtisodiy forum virtual konferensiyasi 29-yanvarga qadar davom etadi. Uning ishtirokchilari texnologiyalarni rivojlantirish, global hamkorlik va iqlim o‘zgarishi, jumladan, koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda sohalar transformatsiyasini muhokama qilishni rejalashtirishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring