Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sibirda 40 ming yillik toychoq topildi

Sibirda 40 ming yillik toychoq topildi

Foto: «Hurriyet.com»

Rossiyaning Sibir mintaqasida 40 ming yillik toychoqqa oid qoldiqlar topildi, deya xabar beradi «Hurriyet.com». Ikki oylik toychoqning tasviri ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Qoldiq dunyodagi eng sovuq hudud bo‘lgan Yakutiya shahrining Batay qasabasida muz ostidan topildi. Rus tadqiqotchilari hududda mamont qoldliqlarini qidirishayotgan edi.

Bo‘yi 1 metrga yaqin bo‘lgan toy qoldig‘i muz ostida bo‘lgani uchun aynimagan ekan. Hatto yollarining bir qismi ham saqlanib qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring