Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Simsiz quvvatlanadigan robot-chivin yaratildi

Simsiz quvvatlanadigan robot-chivin yaratildi

Foto: «24Gadget»

Vashington universitetining bir guruh tadqiqotchilari simsiz va akkumulyatorsiz harakatlana oladigan robotni yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi «Hi-News».

«RoboFly» nomli robot o‘ziga yo‘naltirilgan lazer nuri yordamida energiya oladi. Qiziqarli jihati, chivin-robot bir-biridan mustaqil qanotlari orqali ucha oladi. Bu esa robotning turli manyovrlarni bajarishiga, tezroq uchirish va favqulodda holatlarda harakatlanishiga yordam beradi.

«Hasharotlar ko‘rinishida yaratilgan uchuvchisiz uchar qurilmalar konsepsiyasiga shu kunga qadar fantastika sifatida qarab kelinardi. Bizning loyihamiz ilojsiz narsaning o‘zi yo‘qligini isbotlaydi», — deydi loyiha muallifi Soyer Fuller.

Lazer nuri robotdagi fotokatakka tushganida nurlanishga aylanib, uni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. O‘ziga xos elektrotizim esa kelayotgan 7 voltni 240 voltga aylantirib beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring