Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Singapurda terrorchilarga qarshi pulemyotli dronlar yaratiladi

Singapurda terrorchilarga qarshi pulemyotli dronlar yaratiladi

Foto: tvnet

Singapurning «ST Kinetics» qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘qotar qurol bilan jihozlanuvchi dronlarni yaratishni boshladi, deb xabar berdi «Hitech.newsru.com».

«ST Kinetics» kompaniyasi bu kabi dronlarni Singapur hukumati uchun yaratmoqda. Rejaga ko‘ra bunday hujumkor dronlar politsiyachilarga terrorchilarga qarshi kurashishda yordam beradi.

Ayni vaqtda bunday texnika deyarli ishlab chiqarilmaydi – harbiylar katta o‘lchamdagi dronlarni afzal qo‘rishadi va ulardan asosan raketa-bombani nishonga yetkazishda foydalaniladi.

Kompaniya loyiha doirasida yaratadigan ilk qurilma 8 vintli «Stinger» multikopteri bo‘ladi. Qurilma teplovizor, yuqori aniqlikdagi videokamera va kalibri 5,56 millimetr bo‘lgan, o‘qdoni 100 ta o‘qqa mo‘ljallangan «Ultimax 100 Mk.8» pulemyoti bilan jihozlanadi. Dron 30 daqiqacha parvoz qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring