Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Singapur «asr uchrashuvi» vaqtida qanday yashamoqda?

Singapur «asr uchrashuvi» vaqtida qanday yashamoqda?

Foto:«CNN»

Sentosa orolida, Tramp va Kim uchrashuvi o‘tkazilayotganiga qaramasdan, hayot odatdagidek davom etyapti. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Foto:«RIA Novosti»

Orolga mashinada, piyoda, poyezdda yoki osma kanatda ham borish mumkin. Hech qanday nazorat punkti yo‘q.

Ikki kun davomida ko‘plab politsiya va xavfsizlik xizmati  xodimlari uchrashuv o‘tadigan «Capella» mehmonxonasi atrofidagi ob’yektlarni birma-birdan ko‘zdan kechirishgan.

Bugun uchrashuv o‘tayotgan mehmonxona atrofidagi savdo do‘konlari ishlab turibdi.

Buyuk Britaniyadan Singapurga kelgan sayyohlar – Silvi Bell va Rebekka Smitning aytishicha, ular sammit o‘tkazilishidan xabari bo‘lishgan, biroq qayerda va qachon o‘tkazilishini unutishgan ekan.

«Biz kecha keldik. AQSh hamda Shimoliy Koreya rahbarlarining kortejini ko‘rdik. Bugun ertalab orolga keldik. Bu yerdagi odatdagidek hayot bizni hayratlantirdi», — deya e’tirof etadi Bell.

Angliyalik juftlikning prezidentlarni ko‘rish uchun ular joylashgan mehmonxonaga borish niyati yo‘q ekan.

Tramp va Kimning kengaytirilgan doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Foto:«CNN»
Foto:«CNN»

Sentosa orolidahar qadamda mototsikllarda aylanib yurgan zirhli kiyinib olgan politsiya xodimlarini uchratish mumkin.

«Capella» mehmonxonasining 100 metr atrofidagi yo‘llar to‘silgan. U yerga hech kim qo‘yilmayapti.

Foto:«CNN»

Qo‘riqchilarning barchasi – singapurlik. AQSh rahbarining tansoqchilari ko‘rinmaydi.

Singapurda tahsil olayotgan bir guruh talabalar AQSh prezidentining o‘tishini ko‘rish uchun yo‘l chetlarida kutib o‘tirishibdi.

«Yoki sport yoki kutish. Biz kutishni tanladik» – degan amerikalik talabalar.

Bugun Sentosa orolida sport bayrami o‘tkazilyapti. Ko‘plab talabalar sport formasida yurishibdi.

U yerda kuchli xavfsizlik choralari ko‘rilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring