Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda bir guruh mayning fermalar aniqlandi

Sirdaryoda bir guruh mayning fermalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona hamda ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Natijada noqonuniy mayning fermalar faoliyatiga chek qo‘yilgan. Xususan, Guliston shahrida yashovchi muqaddam sudlangan shaxs viloyat markazidagi noturar binolardan birini ijaraga olgan. U yerda yashirin ravishda elektr tarmog‘iga ulangan holda mayning qurilmalaridan foydalangan.

Oqibatda davlatga qariyb 532 mln. so‘m yetkazilgan. Tekshiruv davomida 19 ta mayning qurilmasi boshqa moslamalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shunga o‘xshash yana bir holatda esa Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Gulistonda yashovchi va otasiga tegishli MChJ binosida mayning qurilmalarini o‘rnatgan holda 40 ming dollar miqdorida kriptovalyuta ishlab chiqargani aniqlangan. Tekshiruv davomida elektr energiyasiga pul to‘lamasdan, davlatga 134 mln. so‘mdan ortiq zarar yetkazgan. 148 ta mayning qurilmasi musodara qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring