Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda chiqayotgan krossovkalar Shavkat Mirziyoyevda katta taаssurot qoldirdi

Sirdaryoda chiqayotgan krossovkalar Shavkat Mirziyoyevda katta taаssurot qoldirdi

Foto: «President.uz»

Sirdaryo tumanida viloyat sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev «Crocus uz compozit» korxonasining irrigatsiya lotoklari ishlab chiqarish loyihasiga alohida e’tibor qaratdi. Joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan korxonada kompozit materialdan yiliga 180 ming metr lotok va quvurlar ishlab chiqariladi. 150 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Prezident sug‘orishda isrofgarchilik ko‘pligi, bunday sifatli lotoklar suvni tejash va undan samarali foydalanishda dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

«Ideal asr» korxonasida ishlab chiqarilayotgan gaz tejash uskunalarining ahamiyatiga to‘xtalib, bunday mexanizmlarni hamma joyda o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

Sirdaryo tumanidagi «Wang da group» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan metall mahsulotlar, Guliston shahrida «Zinnur» brendi ostida tayyorlanayotgan krossovkalar Prezidentimizda katta taassurot qoldirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring