Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sloveniyada parlament saylovi o‘tkazilmoqda

Sloveniyada parlament saylovi o‘tkazilmoqda

Foto:«Polittech»

Bugun, 3-iyun kuni sloveniyalik 1,7 million saylovchi parlament saylovlarida ovoz beryapti. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Sloveniya sobiq bosh vaziri Miro Serar hukumati muvaffaqiyatsiz yakunlangan temiryo‘l loyihasi sababli shu yil mart oyida iste’foga chiqqan edi. Shundan so‘ng muddatidan 1 oy avval saylovlar o‘tkazishga qaror qilindi.

Bugungi saylovlarda aholi 2004 — 2008-hamda 2012-2013-yillarda bosh vazir bo‘lgan Sloveniya demkoratik partiyasi yetakchisi Yanez Yanshga ishonch bildirishi kutilyapti.

Sloveniya 1991-yili Yugoslaviyadan mustaqil bo‘lgan. 2004 yili Yevropa ittifoqiga qabul qilingan Sloveniya 2007-yili yevroni muomalaga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring