Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smartfonlarning ekologiyani buzishdagi «hissasi» qancha?

Smartfonlarning ekologiyani buzishdagi «hissasi» qancha?

Foto: «Gazeta.ru»

Kanadaning Makmaster universiteti olimlari yaqin 20 yillikda insoniyat oldida yana bir ekologik muammo ko‘ndalang bo‘lishidan xavotirdalar. Bu smartfonlarni ishlab chiqarish jarayonidagi zararli chiqindilar. Tadqiqot natijalari «Journal of Cleaner Production» jurnalida chop etildi.

Ekspertlarga ko‘ra, ayni paytda havoga chiqayotgan zaharli gazlarning 1 foizi bevosita smartfonlar ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keladi. Hisob-kitoblar, bu ulush 2040-yilga borib 14 foizga oshishini ko‘rsatmoqda. Buning sabablaridan birinchisi bevosita qurilmalarni ishlab chiqarish jarayonining o‘zi ekologik talablarga javob bermasligi, yana bir sababi esa alohida bir qurilmaning nisbatan kam muddat ishlatilib, yangisiga almashtirilishidir.

Hozircha olimlarning tavsiyasi iste’molchilarga qaratilgan: smartfoningizni hadeb yangilayvermang.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring