Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Snoubordchi qor ko‘chkisini tasvirga oldi (video)

Snoubordchi qor ko‘chkisini tasvirga oldi (video)

Foto: «Flickr.com»

Livanlik snoubordchi Tomas Krey tog‘da qor ko‘chkisi bo‘layotgan lahzalarni videoga oldi. U rolikni «Facebook»dagi sahifasiga joylashtirgan.

«France 3 Regions»ning xabar berishicha, hodisa Fransuz Alplarida joylashgan tog‘ kurortida sodir bo‘lgan. Video esa sportchining shlemida o‘rnatilgan kamera yordamida olingan.

Snoubordchini esa maxsus xavfsizlik yostiqchasi qutqarib qolgan, ammo u ham birdan ishga tushmagan. Kreyning toqqa yolg‘iz chiqqani fojia qurboni bo‘lishigiga bir bahya qolgan.

Kreyning aytishicha, ushbu videoni ulashishdan maqsadi snoubord bilan shug‘ullanayotganlarga  yana bir  bor texnika xavfsizlik qoidalariga e’tiborli bo‘lishlarini eslatishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring