Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq futbolchi AQSh prezidentiga: «Hazillashyapsizmi?»

Sobiq futbolchi AQSh prezidentiga: «Hazillashyapsizmi?»

Foto: «Instagram»

Ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol bo‘lgan AQSh prezidenti Donald Tramp kuni kecha «Twitter»dagi sahifasida quyidagicha post qoldiribdi: «Amerika dunyo hurmatini qayta qozondi!». 

Qo‘shma shtatlar rahbarining «o‘z o‘ziga she’r o‘qish» qabilidagi bu gapiga turfa odamlar turli munosabat bildirishi tabiiy.

Biroq ular orasida Angliya futboli afsonasi Garri Lineker qoldirgan izoh ko‘plarning e’tiborini tortdi: «Hazillashyapsizmi?».

Bu gapning nimasi e’tiborli? Sobiq futbolchi izohini rus tilida yozibdi-da. Bitta gap bilan «to‘qqizlikka» urgan sobiq futbolchining tarmoqdagi obunachilari ikki lagerga bo‘linib ketdi.

Albatta, AQSh va Rossiyaning bugundagi tarang munosabatlariga nozik ishora qilgan afsonaga nasihatgo‘y topilmay qolmadi. Bittasi aytibdiki: siyosatga aralashib nima qilasan, futbolingni sharhlayversang-chi?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring