Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq prezidentga belgilangan qamoq jazosidan 10 yili olib tashlandi, biroq...

Sobiq prezidentga belgilangan qamoq jazosidan 10 yili olib tashlandi, biroq...

Foto: TASS

Seul sudi Koreya Respublikasi sobiq prezidenti Pak Kin Xening qamoq muddatini 30 yildan 20 yilga qisqartirdi. Bu haqda KBS xabar berdi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, sobiq siyosatchi pora olgani uchun 15 yil, hukumat mansabini suiiste’mol qilgani uchun 5 yil jazoni o‘taydi. Bundan tashqari, 15 million dollar jarima to‘laydi.

O‘tgan yil iyul oyida ham Seul sudi sobiq prezidentning jazo muddatini qisqartirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Pak Kin Xe 2017-yil mart oyining oxirida qo‘lga olingan edi. Unga korrupsiya, o‘z mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va davlat sirlarini oshkor qilish aybi qo‘yilgandi. Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident uchun 30 yillik qamoq jazosi va 118,5 milliard von (taxminan 95 million dollar) jarima talab qilgandi.

P.S.: Pak Kin Xe hozir 68 yoshda, muddat teng yarmiga qisqartirilishi ham unga kamlik qilishi mumkin...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring