Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sochni yomon olgan sartaroshga qarshi politsiya ish qo‘zg‘adi

Sochni yomon olgan sartaroshga qarshi politsiya ish qo‘zg‘adi

Foto: «Newinform»

Jabrlanuvchining aytishicha, sartarosh uning sochini keragidan ortiq — 20 santimetrini qirqib tashlagan.

Go‘zallik saloniga bu galgi tashrifi Germaniyaning Borken shahrida yashovchi ayolning ham, uning sartaroshining ham esidan chiqmaydigan bo‘ldi. Ular bir-birlarini tushunishmagan shekilli, sartarosh uning sochidan 20 santimetr ortiqcha kesib olgan. Bundan jazavaga tushgan ayol mahalliy politsiya bo‘limiga arz qilgan.

Politsiyachilar «ehtiyotsizlik oqibatida mijozga tan jarohati yetkazganligi uchun» sartaroshga qarshi ish ochishga majbur bo‘lishdi. Sartarosh endi bosh gumondor sifatida so‘roqqa chaqiriladi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring