Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi yilni korrupsiyaga qarshi kurash bilan boshladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi yilni korrupsiyaga qarshi kurash bilan boshladi

Tibbiyot xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tuzildi.

Har bir shifokorni ishiga qarab baholash, muassasalarni davolanganlik holati bo‘yicha moliyalashtirish, audit va ichki tekshiruv tizimini yanada takomillashtirish hamda jamoatchilik va deputatlarning tizimli nazorati yo‘lga qo‘yilmoqda. «Ishonch telefoni», turli murojaat va shikoyatlar uchun «Fikr bildirish» qutisi, xodimlar va bemorlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish kabi choralar ham ko‘rilmoqda, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tizimdagi tibbiyot muassasalari, jumladan, tug‘uruq komplekslaridagi vaziyatni nazorat qilib borish, korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish maqsadida ko‘plab vazifalar belgilab olindi. Shu asosda mamlakatimizdagi barcha tug‘uruq muassasalarida faoliyat olib borayotgan obro‘li va tajribali xodimlardan iborat «Ustozlar kengashi» guruhlari tuzildi. Tug‘uruq komplekslaridagi bemorlar orasida esa anonim so‘rovnoma o‘tkazish borasida tashkillashtirilgan «Fikr bildirish» qutilarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda», — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, tug‘uruq muassasalarida chaqaloqlarni uyga kuzatuv xonalariga qo‘shimcha ravishda videokuzatuv moslamlari o‘rnatilgan. Ultratovush tekshiruvlarini pullik va bepul aholi qatlami uchun o‘rnatilgan tartibda alohida tashkil etish choralari ko‘rilgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil mobaynida sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalarida tibbiy va xo‘jalik xizmati xodimlarini o‘rnatilgan mehnat tartibiga amal qilishiga erishish, statsionar xizmat sifatini oshirish, tamagirlik va poraxo‘rlik holatlarining oldini olish maqsadida 2018 yilning oktyabr oyida Bosh prokuratura ishtirokida Toshkent shahrida joylashgan 17 ta tug‘uruq va ginekologik muassasalarida monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha 22 nafar tibbiyot xodimi lavozimidan ozod etilgan va intizomiy choralar qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring