Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq qo‘mitasi va Jahon banki ekspertlari tizimdagi ziddiyatli holatlarni muhokama qildi

Soliq qo‘mitasi va Jahon banki ekspertlari tizimdagi ziddiyatli holatlarni muhokama qildi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida shu kunlarda mamlakatimizda tashrifda bo‘lib turgan Jahon banki ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda soliq konsepsiyasiga muvofiq, 2019 yilning 1 yanvaridan mamlakatimizda yangi soliq tartibi joriy etilayotgani tufayli soliq to‘lovchilarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchilik va ziddiyatlarni oldini olish, kichik biznes sub’yektlari uchun soddalashtirilgan qo‘shimcha qiymat solig‘ini tatbiq qilish, soliq to‘lovchilar bilan munosabatlarni takomillashtirishda maqbul mexanizmlar asosida zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. 

Shu bilan birga, davlat soliq xizmati organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimining texnik, dasturiy va axborot ta’minotini oqilona yo‘lga qo‘yish va shu orqali soliq to‘lovchilar uchun qulayliklar yaratish, elektron hisob-fakturalarning samarali tizimini joriy etish, “call-markaz” maxsus servisida aholiga axborot xizmatlari to‘liq ko‘rsatilishiga erishish borasidagi chora-tadbirlarda amaliy yordam ko‘rsatishga oid jihatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari va Jahon banki ekspertlari maxsus seksiyalarga bo‘lingan holda har bir soliq tartibida yuzaga kelishi mumkin ziddiyatli holatlar va ularni bartaraf etish choralarini batafsil tahlil qildilar. 

O‘zaro muloqot jarayonida ko‘tarilgan masalalar yechimi yuzasidan Moliya vazirligiga tegishli taklif va tavsiyalar kiritish hamda bu o‘zgarishlar yaqin istiqbolda qabul qilinishi rejalashtirilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida o‘z aksini topishiga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring