Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soliq qo‘mitasi yangi rahbariyati xodimlarga qo‘llangan jazolarni bekor qildi

Soliq qo‘mitasi yangi rahbariyati xodimlarga qo‘llangan jazolarni bekor qildi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati qo‘mita hay’ati a’zolari bilan kelishilgan holda, xodimlarning ishga bo‘lgan munosabatini oshirish, mehnatiga yarasha rag‘batlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan ayrim kamchiliklari uchun berilgan turli darajadagi intizomiy jazo choralarining barchasini bekor etish to‘g‘risida qaror qildi.

Unga asosan Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari hamda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida xizmat qilayotgan 3132 nafar xodimga nisbatan qo‘llanilgan hayfsan, o‘rtacha oylik ish haqining 10 foizidan 50 foizigacha bo‘lgan jarima tarzidagi intizomiy jazo choralari muddatidan oldin bekor qilindi.

O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan vazifalardagi xatoliklar yoki ogohlantirish va tanbeh berish bilan kifoyalanish mumkin bo‘lgan holatlarda ham xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi xodimlarning ishga, vazifasini bajarishga bo‘lgan munosabatning salbiy tomonga o‘zgarishiga, jarima natijasida ish haqining keskin kamayishi esa xodimlar tomonidan ta’magirlik va boshqa korrupsion holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin, deyiladi axborotda.

Jazo choralarining bekor qilinishi qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar to‘g‘ri xulosa chiqarib, vazifalarni vijdonan bajarishlari, nohaq jazolanganlar uchun adolatning qaror topishi esa ishga bo‘lgan munosabatning ijobiy tomonga o‘zgartirib, faoliyat samaradorligining ortishida rag‘batlantiruvchi ahamiyatga egadir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring