Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soliqdan bo‘yin tovlagan tadbirkorlar katta miqdorda jarimaga tortiladi (video)

Soliqdan bo‘yin tovlagan tadbirkorlar katta miqdorda jarimaga tortiladi (video)

Kadr: «O‘zbekiston24»

Bugun «O‘zekspomarkaz»da mamlakatimizda qabul qilinayotgan soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Behzod Musayev ham ishtirok etdi va bir qator o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.

Musayevning aytishicha, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalari keng jalb etilmoqda hamda soliqlarni masofadan turib to‘lash tizimi joriy etilmoqda.

Soliq qo‘mitasi rahbar o‘rinbosari, shuningdek, soliqdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish masalasiga alohida urg‘u berdi.

«Bugungi kundagi jarimalar tadbirkorni umuman tashvishlantirmayapti. Barcha soliqlarni ko‘tarib chiqdik — barchasi bir barobardan uch minimal oylik ish haqi doirasida. Qaysi 510 ming jarima to‘lagan tadbirkorda qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi?

Boshqa mamlakatlarni ham o‘rganib chiqdik. MDH davlatlarining barchasida kamida 10 marta baland. Bizning maqsadimiz sizlarni jarimaga tortish emas, hurmatli tadbirkorlar, ammo bir marta katta jarima to‘plagan odam ertaga o‘ziga keladi. Buning tarbiyaviy ahamiyati ham juda muhim», — dedi Musayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring