Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Somalidagi teraktda 30 kishi qurbon bo‘ldi

Somalidagi teraktda 30 kishi qurbon bo‘ldi

Foto: «Korrespondent.net»

Somali poytaxti Mogadisho shahridagi mehmonxona yaqinida sodir bo‘lgan bir nechta teraktda 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

«Mahalliy tez yordam xizmatining xabar qilishicha, ekipaj 30 nafar kishining tanasini portlash joyidan olib kelgan», - detsiladi «Al Arabiya» nashri xabarida.

Teraktni «Ash-Shabab» guruhi o‘z bo‘yniga oldi. Ma’lum qilinishicha, ikki nafar xudkush ichiga portlovchi modda joylashtirilgan avtomobilni Somali jinoiy tergov bo‘limi shtab-kvartirasi yaqinidagi mehmonxonaga yo‘naltirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring