Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Son Xyon Min Osiyo kubogining guruh bosqichida ishtirok etmaydi

Son Xyon Min Osiyo kubogining guruh bosqichida ishtirok etmaydi

«Tottenxem» hujumchisi Son Xyon Min BAAda 5-yanvarda boshlanadigan Osiyo kubogining guruh bosqichida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi «Manchester Yunayted» bilan bo‘lib o‘tadigan 13-yanvardagi uchrashuvdan so‘ng Osiyo kubogiga yo‘l oladi.

U shu tariqa APL doirasidagi «Fulxem» va «Uotford», shuningdek, «Chelsi»ga qarshi Liga kubogi yarim finali o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Agar Janubiy Koreya musobaqaning oxiriga qadar boradigan bo‘lsa «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda ham ishtirok etmaydi.

Janubiy Koreya terma jamoasi «S» guruhida Xitoy, Filippin va Qirg‘iziston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring