Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sooronbay Jeenbekov ikki marta prezident bo‘lmoqchi emas

Sooronbay Jeenbekov ikki marta prezident bo‘lmoqchi emas

Foto: «RIA Novosti»

Inauguratsiyasi 2017-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ikkinchi muddatga nomzodini ilgari surmoqchi emas. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Jeenbekovning rejasi 2019-yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.

Yig‘ilishda qatnashgan jurnalistlardan biri Qirg‘izistonning hozirgi rahbariga barcha islohotlarni amalga oshirishga ulgurishi uchun bitta prezidentlik muddati yetmasligi mumkinligini ta’kidlagandi.

«Yo‘q, yo‘q, kerak emas. Ikkinchi muddat kerak emas», — deya Jeenbekov boshqa savollarga o‘tishni so‘ragan.

Ma’lumot uchun: Qirg‘izistonda prezident olti yilga, ammo bir muddatga saylanadi. Respublikada keyingi prezidentlik saylovlari 2023-yilga belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring