Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

So‘rov: nemislarning 40 foizdan ko‘prog‘i Merkelning ketishini istamoqda

So‘rov: nemislarning 40 foizdan ko‘prog‘i Merkelning ketishini istamoqda

Foto:«Quartz»

«YouGov» so‘rovi natijalariga ko‘ra Germaniya aholisining 43 foizi mamlakat kansleri Angela Merkelning ketishini istamoqda, 42 foiz kishi esa uning  lavozimida qolishi tarafdori. 15 foiz qatnashchilar bu savolga javob berish qiyinligini qayd etishgan. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qilmoqda.

Bundan tashqari Merkel «Yashillar» ekologik partiyasi saylovchilari ichida eng mashhur sanalib, ularning har uchtadan ikkitasi Merkelning o‘z o‘rnida qolishini istaydi.

Avvalroq «Forbes» tomonidan e’lon qilingan jahonning nufuzli shaxslari qatorida Merkel to‘rtinchi pog‘onani egallagan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring